Ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam manfaatlari

Postni ulashish:

Ijtimoiy himoya milliy agentligining tuman va shaharlaridagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarida ish qizg‘in pallaga kirgan. Markazlar tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj 12 toifadagi  fuqarolarga 100 dan ortiq turdagi xizmat va yordamlar ko‘rsatilmoqda.

Shu jumladan, aholining 9 toifadagi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan kafolatlangan bepul yuridik yordamlar berilmoqda. Bu Vazirlar Mahkamasining “Aholining ijtimoiy himoya olish huquqlarini ta’minlash hamda davlat ijtimoiy yordami va xizmatlarini ko‘rsatishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan.

Og‘ir ijtimoiy holatga tushib qolgan oilalar oldin turli joylarga murojaat qilgan bo‘lsa, hozir fuqarolar yig‘iniga biriktirilgan ijtimoiy xodim orqali o‘z muammolariga yechim topmoqda. Ijtimoiy xodim uyma-uy yurib, aniqlangan muammolar, fuqarolar tomonidan qilingan murojaatlarni imkon qadar ijobiy hal qilib bermoqda.

Davlat tomonidan kafolatgan va bepul yuridik yordam ko‘rsatiladigan aholining 9 toifadagi fuqarolariga quyidagilar kiradi:

–  tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar va voyaga yetmagan bolalar;

–  o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar;

–  nogironligi bo‘lgan shaxslar, og‘ir kasallikka chalinganlar, shuningdek, jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan hamda uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalar;

–  kam ta’minlangan oilalar;

–  yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan hamda to‘liq bo‘lmagan oilalardagi bolalar, shu jumladan ota-onasi tashqi mehnat migranti bo‘lgan bolalar;

–  ota-onalik huquqidan mahrum etilmasdan farzandlari olib ketilgan ota-onalar;

–  voyaga yetmagan ota-onalar;

–  muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslar;

–  texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlardan jabrlangan, ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan hamda giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni notibbiy iste’mol qiluvchi va alkogolizm, giyohvandlik va zaharvandlikka yo‘liqqan shaxslar.

Albatta, bugun yurtimizda barcha aholi qatlami, jumladan, nogironligi bo‘lgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam manfaatlari ham alohida e’tiborda. Bu esa inson qadri har narsadan ulug‘ ekanligini anglatadi.

Abbos ZAIDOV,
Namangan shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar
markazi huquqiy masalalarda ekspert maslahatchisi

Aloqador maqolalar

Сессия бўлиб ўтди

Халқ депутатлари Наманган шаҳар Кенгашининг навбатдаги XXIV сессияси бўлиб ўтди. Сессияда дастлаб шаҳар прокуратурасининг 2026-йилнинг учинчи чорагида қонунийликни мустаҳкамлаш...

Ҳаёти асраб қолинганлар дуосида яшайсиз, доктор!

Тиббиёт фанлари номзоди, Соғлиқни сақлаш аълочиси Тошпўлат Абдукаримов. У — нафақат Наманган вилояти, балки водий тиббиётидаги энг моҳир...

Баҳодир РАҲИМОВ, Наманган шаҳар тиббиёт бирлашмаси раҳбари:“ТИББИЁТДАГИ ИСЛОҲОТЛАР НАТИЖАСИ — ИНСОН САЛОМАТЛИГИДА НАМОЁН БЎЛМОҚДА”

Мамлакатимизда соғлиқни сақлаш тизимини такомиллаштириш, тиббий ёрдам сифатини ошириш, аҳолига қулай ва замонавий тиббий хизмат кўрсатиш масалаларига алоҳида...

Хўжа амин мақбараси

Наманган шаҳрининг Чорсу ҳудуди яқинида меъморий ёдгорлик –Хўжа Амин мақбараси жойлашган. Мақбара XVIII асрнинг иккинчи ярмида, Наманган Фарғона...