Shahar hokimi Anvarjon Otaxo‘jayev mahallalardagi mavjud muammolarni o‘rganish maqsadida sektor rahbarlari hamda mutasaddilar ishtirokida “Mehribonlik” mahallasida bo‘ldi.


Shu narsa ma’lum bo‘ldiki, mahalla hududida bolalar bog‘chasining yo‘qligi ota-onalar uchun qiyinchiliklarga sabab bo‘lmoqda. Bolalarni bog‘chaga yuborish uchun uzoq masofalarni bosib o‘tish, ishlayotgan ota-onalar uchun noqulaylik tug‘dirayotgan edi.
Masalaga yechim topish maqsadida shahar hokimi mahalla faollari va nuroniylar bilan muloqot o‘tkazdi. Mahalladoshlarning fikr va takliflari inobatga olindi. Bo‘sh turgan binoda dastur doirasida 6 mlrd. so‘m mablag‘ hisobiga 150 o‘rinli zamonaviy bolalar bog‘chasi tashkil etish rejalashtirildi. Ushbu loyiha bolalarning ta’lim-tarbiya olishini yaxshilash, shuningdek, mahalliy aholining turmushini yengillashtirishga xizmat qiladi.

Shahar rahbari mazkur masalani ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli rahbarlarga topshiriq va ko‘rsatmalar berib, ularning ijrosini nazoratga oldi. Bog‘chani loyiha-smeta hujjatlarida ko‘rsatilganidek muhandislik-kommunikatsiya tarmog‘ini zamon talablariga mos ravishda joylashtirish zarurligi qayd etildi.
