
Namanganning an’anaviy Gullar festivaliga turkiyalik ishbilarmonlar tomonidan o‘ziga xos brend tayyorlanmoqda. Hokimlikda bo‘lgan uchrashuvda Aydin Aydinoğlu ushbu festival uchun maxsus ishlab chiqilgan parfyum brendini taqdim qildi. Parfyum o‘zining noyob tarkibi va atirlar sifati bilan Namanganning boy tabiati hamda gullar festivalini aks ettiradi.
Gullar festivali Namanganning madaniy hayotidagi muhim voqealardan biri hisoblanadi. Bu yil u 64-marta o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda va parfyum kolleksiyasi festivalga o‘ziga xos sovg‘a sifatida tayyorlanmoqda. Shahar hokimi Anvarjon Otaxo‘jayev mazkur loyihalarning ahamiyatini alohida ta’kidlab, ularni amalga oshirish jarayonini tezlashtirish va zaruriy sharoitlarni yaratish bo‘yicha barcha imkoniyatlar yaratilishini bildirdi.
