Namanganlik maktab o‘quvchilariga chorakda bir marta “Ma’naviyat stipendiyasi” beriladigan bo‘ldi.
Stipendiya maktabda barcha fanlarni a’lo baholarga o‘qiyotgan hamda ma’naviy-ma’rifiy tomondan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lgan faol o‘quvchilarga beriladi.
Bu haqida Namangan shahridagi Ma’rifat maskanida bo‘lib o‘tgan o‘quvchi-yoshlar va ularning ustozlari ishtirokidagi ochiq muloqotda viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov ma’lum qildi.
