“ANDROLOGIYA – N” tibbiyot taraqiyotining tantanasi

Postni ulashish:

Aholi salomatligini mustahkamlash borasidagi ezgu ishlarning sifat ko‘rsatkichlari yildan yilga rivojlanib, tubdan yaxshilanib bormoqda.  Prezidentimiz tomonidan sohaga qaratilayotgan alohida e’tibor, tashabbus va ko‘rsatmalar bilan tizim ravnaq topmoqda.

Sohada shakllantirilgan sog‘lom raqobat muhiti tufayli aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va samaradorligi hamda qamrovi ham oshib bormoqda.

Namangan shahrining Davlatobod tumanida o‘z faoliyatini boshlaganiga hali  ko‘p vaqt bo‘lmagan “Andrologiya – N” tibbiyot markazi sohani rivojlantirishdagi sa’y-harakatlar mevasi desa bo‘ladi.

Endi mazkur zamonaviy tibbiyot muassasi faoliyatiga alohida to‘xtalib o‘tsak. Bu shifo maskani nafaqat viloyatda, balki Farg‘ona vodiysida yagona bo‘lgan  mazkur markazni tashkil etish tashabbuskori, loyiha rahbari tibbiyot fanlari doktori, professor Yodgormirza Nurmatovning tibbiyot sohasidagi qo‘lga kiritgan bilim, salohiyat va tajribalarini aholi salomatligi yo‘lida sarflashi zamirida katta ma’no, ezgu maqsad bor. Andrologiya so‘zi yunoncha – “andros” erkak va “logos” fan so‘zlarini ifoda etadi. 

-Andrologiya erkak jismiga xos bo‘lgan kasalliklarni aniqlash faniga mansub tibbiyot sohasi sanaladi. Jahon bo‘yicha bu kasallik turlari bir necha yillar oldin har o‘n erkakning birida kuzatilgan bo‘lsa, keyingi yillarda uchinchi, to‘rtinchi mijozda qayd etilyapti, – deydi Yodgormirza aka. – Bu ham boshqa kasalliklar singari yosharib boryapti. Millatimizga xos bo‘lgan, ayniqsa, erkaklarda bir uyalish deymizmi, yuzxotirlik kayfiyati mavjud. Eng muhimi erkak kishi jinsiy hayot sifatiga e’tibor berishi kerak. Nega deganda aksariyat bemorlar kasallikni o‘tkazib yuborgandan so‘ng bizga murojaat qilishadi. Achinarlisi bu kasallik turlari  yoshlar o‘rtasida ko‘payib borayotgani xavotirli. Buning sabab va alomatlari mijozlarimiz murojaatlarida aniqlanmoqda. Xususan, yosh kuyovlarda bu kasallik turlari ko‘p kuzatilmoqda.

Markaz rahbarining e’tirof etishicha, erkak kishining jinsiy a’zolari funksiyasining buzilishi bilan bog‘liq potensial androgenlar tanqisligi va reproduktiv funksiya yetishmovchilikka olib keladi.

Shuning barobarida markazda tibbiy xizmat ko‘rsatishning andrologiya va seksopatalogiya, urologiya, xirurgiya, ginekologiya, mammalogiya, otorinolaringologiya (LOR), travmatologiya, plastik xirurgiya, allergologiya turlari bo‘yicha bemorlar davo topishmoqda. Shuningdek, tor doiradagi kardiologiya, nevrologiya, pediatriya, endokrinologiya yo‘nalish  shifokor mutaxassislari  aniq tashxis belgilab, muolajalar qilishadi. Bu maskanda xalqaro hamkorlik aloqalari ham yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Xorijlik mutaxassislar bilan tajribalar almashinib, nozik jarrohlik amaliyotlari bajariladi. Germaniya, Turkiya, Rossiya, Janubiy Koreya, Qirg‘izistondan kelgan shifokorlar kasalliklarning bir necha turlaridan davolash amaliyotlarini vaqt oralig‘ida olib borishadi.

Jumladan, Germaniya, Rossiya, Buyuk Britaniya, Turkiya,  Avstriya, Xitoy, Janubiy Koreya, Latviya kabi jahonning ilg‘or mamlakatlaridan olib kelingan raqamli rentgen, UTT, kolposkopiya, uroflometriya EEG funksional diagnostika tekshiruv jihozlari bilan aniq tashxis qo‘yiladi. Bundan tashqari barcha turdagi IHLA va PSR tahlillari, JSST bo‘yicha spermogramma kabi 52 turdagi eng zamonaviy apparatlarda tahlil amaliyotlari bajariladi. Mazkur laboratoriya va tahlil jihozlariga 800 ming AQSH dollari sarmoya jalb etilgan.

Markazning shart-sharoitlaridan, muolaja natijalaridan xabar topgan mijozlar geografiyasi ham kengayib bormoqda. Vodiy va respublikamiz viloyatlaridan tashqari  qo‘shni respublikalardan ham bemorlar kelib, davolanishmoqda. 2023-yilda Andijon va Farg‘ona viloyatlaridan 200 nafardan ortiq, Sirdaryo, Jizzax tomonlardan, Qirg‘iziston hamda Tojikistondan kelgan bemorlar dardlariga shifo topib ketishdi.

Tibbiyot maskanida to‘rtta jarrohlik amaliyoti xonasi barcha me’yorlar asosida jihozlangan. Ularda yuqori texnologik, kaminvaziv amaliyotlar uchun qulay imkoniyatlar muhayyo.

Eng e’tiborga molik jihati xorijdagi ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarida amalga oshirilayotgan barcha siydik-tanosil kasalliklarining jarrohlik amaliyotlari “Andrologiya – N” tibbiyot markazida ham olib borilmoqda. Yaqinda shunday kasallik turi bilan og‘rigan bemorning o‘ta noyob jarrohlik amaliyoti bajarildi. To‘rt soat mobaynidagi amaliyot davomida siydik yo‘lidagi “mog‘or” kasalligi davolandi.

Bu yerga tashrif buyuruvchilarning moddiy sharoitlari ham imkon qadar hisobga olinadi. Masalan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”dagi kam ta’minlanganlardan 20 nafarga yaqin bemorlarga imtiyozli yordam ko‘rsatildi.   

80 o‘ringa mo‘ljallangan tibbiyot markazida malakali, oliy ma’lumotli, sohaning yosh, yetuk mutaxassislari jamlangan. Muassasaning 60 nafar tibbiyot xodimidan 20 nafari oliy toifali shifokorlardir. Shulardan besh nafari yosh shifokor magistrlar, ordinatura ta’lim bosqichlarini  tamomlagan tibbiyot xodimlari. 28 yoshli Javohir Robiddinov ham Qozon Federal universitetining Fundamental tibbiyot va biologiya institutini tamomlab keliboq shu tibbiyot markazida ish boshlaganiga olti oy bo‘ldi. 

– 11 yoshli farzandim Alibek Haydaraliyevning o‘ng buyragidagi gidronefroz kasalligi bo‘yicha shu yerga kelib, jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi. Bu kasallikning alomatlari siydik tutilishida ayon bo‘ldi, – deydi Chortoq tumani Ko‘shan qishlog‘idan kelgan Bumayram Aliboyeva. –  O‘n kun davomida yotib, davolanishdan so‘ng, o‘g‘limning sog‘ligi yaxshilandi. Alibekning shifo topishiga sababchi bo‘lgan markazning qo‘li yengil tibbiyot xodimlariga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

Viloyat miqyosida faoliyat olib borayotgan olti nafar andrologning uch nafari mazkur maskanda faoliyat yuritadi. Shulardan biri Alisher Qodirov asosiy faoliyatini 2017-yildan boshlagan. Malakali shifokor Andijon Davlat tibbiyot institutining bakalavrini hamda Vrachlar malakasini oshirish universiteti magistrligini tamomlagan. Universitetda malaka oshirish bilan birga nemis, rus, ingliz tillarni mukammal o‘zlashtirgan.

– Erkaklarning tanosil kasalliklarini aniqlash mutaxassislari o‘ta kam, – deydi Alisher Qodirov. 2009-yildan shu soha shifokorlari tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Qabulimga kuniga besh – o‘n nafar bemor befarzandlik sabab aziyat chekishayotganini aytishadi. Ularga maslahat, davolanishga yo‘llanma beraman. Turmushda har bir inson oila qurib, farzandli bo‘lishni, baxtli hayotni istaydi. Inson hayotida sanoat taraqqiy etgan sari ovqatlanish ratsionida  pastlash, sun’iy taomlarga qaramligi tobora ortib bormoqda. Darvoqe, fast-fud (tez tayyorlanuvchi yegulik) erkaklar miyasi faoliyati uchun ham eng zararli hisoblanadi. Bundan tashqari, “Gʻarb diyetasi” deb nom olgan bunday yeguliklar genlarning ishlashini o‘zgartiradi va immunitet tizimini haddan tashqari faollashtiradi. Bu esa nafaqat kuchli jins vakillari uchungina tegishli emas, boshqalarni ham domiga tortadi.

Ayollarga xos bo‘lgan kasalliklar bo‘yicha murojaatlari akusher-ginekolog shifokorlar tomonidan o‘rganilib, hal etiladi. Erkaklar esa mutaxassis ko‘rigi zarur bo‘lgan paytda ham turli bahonalar bilan shifokorga uchrashishni ortga suradi. Markazda erkaklar bepushtligi, jinsiy buzilishlar, kontrasepsiya muammosi, gipoganadizmlar, shuningdek, hayot sifatini yaxshilashda zamonaviy tekshiruvlar o‘tkaziladi, tashxislar qo‘yiladi.

Tibbiyot markazining olib borayotgan faoliyati, erishayotgan natijalarini yuqorida keltirilgan mulohazalarimiz bilan to‘liq ifoda etishga qog‘oz va qalam ojizlik qiladi. Yaxshisi markaz faoliyatini borib, ko‘rib tanishganga yetmaydi.

Ulug‘bek RO‘ZIMATOV

Aloqador maqolalar

Сессия бўлиб ўтди

Халқ депутатлари Наманган шаҳар Кенгашининг навбатдаги XXIV сессияси бўлиб ўтди. Сессияда дастлаб шаҳар прокуратурасининг 2026-йилнинг учинчи чорагида қонунийликни мустаҳкамлаш...

Ҳаёти асраб қолинганлар дуосида яшайсиз, доктор!

Тиббиёт фанлари номзоди, Соғлиқни сақлаш аълочиси Тошпўлат Абдукаримов. У — нафақат Наманган вилояти, балки водий тиббиётидаги энг моҳир...

Баҳодир РАҲИМОВ, Наманган шаҳар тиббиёт бирлашмаси раҳбари:“ТИББИЁТДАГИ ИСЛОҲОТЛАР НАТИЖАСИ — ИНСОН САЛОМАТЛИГИДА НАМОЁН БЎЛМОҚДА”

Мамлакатимизда соғлиқни сақлаш тизимини такомиллаштириш, тиббий ёрдам сифатини ошириш, аҳолига қулай ва замонавий тиббий хизмат кўрсатиш масалаларига алоҳида...

Хўжа амин мақбараси

Наманган шаҳрининг Чорсу ҳудуди яқинида меъморий ёдгорлик –Хўжа Амин мақбараси жойлашган. Мақбара XVIII асрнинг иккинчи ярмида, Наманган Фарғона...