OLVALIZORDA YANGI SAVDO MARKAZI

Postni ulashish:

Mustaqillik sharofati bilan mahallalar, ko‘chalar, xiyobonlar, maktabgacha va maktab ta’lim muassasalari, sog‘liqni saqlash tizimidagi ijobiy o‘zgarishlar, bunyodkorlik, obodonchilik yumushlari kishini faxr tuyg‘usi bilan chulg‘ab oladi.

Mustaqilligimizning 33 yillik shonli sanasi arafasida “Olvalizor” mahallasida zamonaviylikni o‘zida mujassam  etgan muhtasham “Moroqand” savdo markazi foydalanishga topshirildi.

Savdo markazining tantanali ochilish marosimida Namangan shahar hokimi Anvarjon Otaxo‘jayev, faxriy nuroniy Xorunxon ota Ayubxonov, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Markaz ochilishida ramziy lentani shahar hokimi va nuroniylar ishtirokida qirqilib, ezgu tilaklar bildirildi.Shahar hokimi mahsulotlarni ko‘zdan kechirar ekan, yurtimizda fuqarolar hayoti yil sayin farovonlashib borayotganini ta’kidladi. – Har bir islohot, avvalo, inson manfaatlariga xizmat qilishi kerak, – dedi Anvarjon Otaxo‘jayev. – Shundagina odamlarimizning turmushi go‘zallashadi, hayotiga mazmun kiradi, ko‘nglida xotirjamlik hukm suradi, davlatdan, siyosatdan rozi bo‘ladi. Aytishim mumkinki, ushbu savdo majmuasi jonajon Vatanimiz mustaqilligining 33 yilligi arafasida hamshaharlarimiz uchun munosib bayram sovg‘asi.

Ushbu savdo markazida aholi ehtiyojlari uchun barcha zarur turdagi oziq-ovqat mahsulotlaridan tortib xo‘jalik tovarlarigacha chakana narxlarda xarid qilishlari mumkin.

Tadbirkor Akmalxon Toshboyev tomonidan barpo etilgan ushbu majmuada yigirmadan ortiq ish o‘rinlari yaratildi.

Aloqador maqolalar

Сессия бўлиб ўтди

Халқ депутатлари Наманган шаҳар Кенгашининг навбатдаги XXIV сессияси бўлиб ўтди. Сессияда дастлаб шаҳар прокуратурасининг 2026-йилнинг учинчи чорагида қонунийликни мустаҳкамлаш...

Ҳаёти асраб қолинганлар дуосида яшайсиз, доктор!

Тиббиёт фанлари номзоди, Соғлиқни сақлаш аълочиси Тошпўлат Абдукаримов. У — нафақат Наманган вилояти, балки водий тиббиётидаги энг моҳир...

Баҳодир РАҲИМОВ, Наманган шаҳар тиббиёт бирлашмаси раҳбари:“ТИББИЁТДАГИ ИСЛОҲОТЛАР НАТИЖАСИ — ИНСОН САЛОМАТЛИГИДА НАМОЁН БЎЛМОҚДА”

Мамлакатимизда соғлиқни сақлаш тизимини такомиллаштириш, тиббий ёрдам сифатини ошириш, аҳолига қулай ва замонавий тиббий хизмат кўрсатиш масалаларига алоҳида...

Хўжа амин мақбараси

Наманган шаҳрининг Чорсу ҳудуди яқинида меъморий ёдгорлик –Хўжа Амин мақбараси жойлашган. Мақбара XVIII асрнинг иккинчи ярмида, Наманган Фарғона...