Namangan shahrining brendi va tashrif qog‘oziga aylangan Gullar bayrami butun dunyoga ovoza bo‘lgani ko‘plab xorijiy davlatlarning hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga turtki bo‘lmoqda.
Navbatdagi 64-xalqaro gullar festivalida dunyoning eng mashhur parfyumeriya kompaniya vakillari o‘zlarining mahsulotlari bilan ishtirok etish taklifini bildirishdi.
Avval xabar berganimizdek, viloyat hokimi rahbarligida namanganlik ishbilarmon soha vakillari va shahar hokimi Turkiyaning yirik korxonalari faoliyatini o‘rganish, ular bilan kelishuvlarga erishish maqsadida, Istanbul shahrida bo‘lib, ko‘plab kelishuvlarga erishilgan edi. Shahar hokimi Turkiya, Germaniya, Italiya davlatlari xalqaro investisiyalar va xalqaro iqtisodiy-siyosiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Dilafruz Mirzahakimova rahbarligidagi Turkiyalik ishbilarmon vakillalarini qabul qildi.
Dunyoning eng yirik parfyumeriya mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida ikkinchi o‘rinda turuvchi «Akat kozmetik» kompaniyasi asoschisi Mehmet Akat Namangan brendi ostida parfyumeriya mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Markaziy Osiyoda yagona korxona qurish istagi borligini bildirdi.
Muloqotda mahalliy tadbirkorlarning fikr mulohazalari tinglanib, nafaqat O‘zbekiston balki qo‘shni davlatlarga ham eksportbop bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishga alohida e’tibor qaratildi.
Ishbilarmonlar tomonidan dastlabki xushbo‘y atir, gullar festivalining 64 yilligi uchun maxsus tayyorlanishi va unga eng yetakchi kimyogarlarni jalb qilinishi ta’kidlandi.
Shahar hokimi ushbu kompaniya ko‘plab mashhur brendlar uchun mahsulot ishlab chiqarishini hisobga olib, gullar festivalida o‘zlarining parfyumeriya mahsulotlari bilan ishtirok etishni taklif qildi.



