Namanganda o‘tkaziladigan Xalqaro gullar festivaliga 500 ming nafardan ortiq mehmon kelishi kutilmoqda

Postni ulashish:

Namangan shahrida 2021-yil 23—31-may kunlari bo‘lib o‘tadigan Xalqaro gullar festivaliga 500 ming nafardan ortiq mehmon kelishi kutilmoqda. Bu haqda Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari Botir Nuriddinov ma’lum qildi, deya xabar beradi “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev.

Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati
Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati

Nuriddinovning aytishicha, bugungi kungacha gullar bayramiga tayyorgarlikni o‘z ko‘zi bilan ko‘rish uchun Namangan shahriga 100 mingga yaqin mehmon kelib-ketgan.

Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati
Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati

— Xorijda ham mazkur festivalga qiziqish katta. Qirg‘izistonlik bir turoperatorning o‘zi 200 nafar mehmon bilan kelish istagini bildirdi, — deya ta’kidladi viloyat hokimining o‘rinbosari.

Namangan shahri hokimi G‘ofir Jamolovga ko‘ra, Xalqaro gullar festivalida ishtirok etish uchun barcha birodarlashgan shaharlar mutasaddilariga taklifnomalar yuborilgan.

Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati
Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati

— Ukrainaning Xmelnitskiy shahri ma’muriyati vakillari festivalda ishtirok etish tashabbusi bilan chiqdi. Ular ushbu tadbir davomida Namangan shahri bilan birodarlashish taklifini ham bildirgan, — deydi shahar hokimi.

Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati
Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati

Gullar bayrami arafasida tashkil etilgan matbuot anjumanida ta’kidlanishicha, festival yakunida tadbirda faol ishtirok etgan gulchilar qimmatbaho sovg‘alar, jumladan, avtomobillar bilan taqdirlanishi ko‘zda tutilgan.

Aloqador maqolalar

Сессия бўлиб ўтди

Халқ депутатлари Наманган шаҳар Кенгашининг навбатдаги XXIV сессияси бўлиб ўтди. Сессияда дастлаб шаҳар прокуратурасининг 2026-йилнинг учинчи чорагида қонунийликни мустаҳкамлаш...

Ҳаёти асраб қолинганлар дуосида яшайсиз, доктор!

Тиббиёт фанлари номзоди, Соғлиқни сақлаш аълочиси Тошпўлат Абдукаримов. У — нафақат Наманган вилояти, балки водий тиббиётидаги энг моҳир...

Баҳодир РАҲИМОВ, Наманган шаҳар тиббиёт бирлашмаси раҳбари:“ТИББИЁТДАГИ ИСЛОҲОТЛАР НАТИЖАСИ — ИНСОН САЛОМАТЛИГИДА НАМОЁН БЎЛМОҚДА”

Мамлакатимизда соғлиқни сақлаш тизимини такомиллаштириш, тиббий ёрдам сифатини ошириш, аҳолига қулай ва замонавий тиббий хизмат кўрсатиш масалаларига алоҳида...

Хўжа амин мақбараси

Наманган шаҳрининг Чорсу ҳудуди яқинида меъморий ёдгорлик –Хўжа Амин мақбараси жойлашган. Мақбара XVIII асрнинг иккинчи ярмида, Наманган Фарғона...