Biznesni rivojlantirish banki IT sohasidagi startaperlar va biznes vakillarini qo‘llab quvvatlamoqda

Postni ulashish:

Joriy yilning 8 avgust kuni Toshkentda Biznesni rivojlantirish banki “BRB Fintech Hackcelerator” IT-tanlovi – hakaton boshlanganini e’lon qildi. Ushbu tadbir O‘zbekistonda IT-biznesni qo‘llab-quvvatlash, innovatsion mahsulotlar yaratish va aholining moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan. Hakaton Amity universiteti, Yandex, O‘zbekiston IT hamjamiyati va Veon AdTech kabi yetakchi tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Sovrin jamg‘armasi 300 mln so‘m bo‘lgan ushbu hakaton uchun 200 ta jamoalardan ariza topshirilgan, ulardan jami 206 ta a’zosi bo‘lgan 47 ta jamoa tanlab olingan. Jamoalar yetakchi IT kompaniyalar, tadbirkorlik sub’yektlari, universitetlar va ta’lim muassasalarining kuchli vakillaridan tashkil topgan.

Bir oylik “BRB Fintech Hackcelerator” musobaqasi davomida yaratilgan mahsulotlar va yechimlar tadbirkorlar uchun innovatsion xizmatlarni yaratish, ularga yangi imkoniyatlarni ochishga yordam berishi kutilmoqda.

47 ta jamoani bir oylik intensiv ish kutmoqda, ular yetakchi mentorlardan maslahat va ko‘rsatmalar olgan holda o‘z potensiallarini ochish va yaratiladigan IT-mahsulotlar uchun maqbul yechimlarni topishni ko‘zlashgan.

Biznesni rivojlantirish bankining ushbu tadbirdan asosiy maqsadi O‘zbekistonda IT-biznesni, startaperlarni va dasturchilarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishdan iborat. “BRB Fintech Hackcelerator”ni har yili o‘tkazish, innovatsion mahsulotlar yaratiladigan hamda tajriba almashinadigan maydonga aylantirish rejalashtirilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Aloqador maqolalar

Сессия бўлиб ўтди

Халқ депутатлари Наманган шаҳар Кенгашининг навбатдаги XXIV сессияси бўлиб ўтди. Сессияда дастлаб шаҳар прокуратурасининг 2026-йилнинг учинчи чорагида қонунийликни мустаҳкамлаш...

Ҳаёти асраб қолинганлар дуосида яшайсиз, доктор!

Тиббиёт фанлари номзоди, Соғлиқни сақлаш аълочиси Тошпўлат Абдукаримов. У — нафақат Наманган вилояти, балки водий тиббиётидаги энг моҳир...

Баҳодир РАҲИМОВ, Наманган шаҳар тиббиёт бирлашмаси раҳбари:“ТИББИЁТДАГИ ИСЛОҲОТЛАР НАТИЖАСИ — ИНСОН САЛОМАТЛИГИДА НАМОЁН БЎЛМОҚДА”

Мамлакатимизда соғлиқни сақлаш тизимини такомиллаштириш, тиббий ёрдам сифатини ошириш, аҳолига қулай ва замонавий тиббий хизмат кўрсатиш масалаларига алоҳида...

Хўжа амин мақбараси

Наманган шаҳрининг Чорсу ҳудуди яқинида меъморий ёдгорлик –Хўжа Амин мақбараси жойлашган. Мақбара XVIII асрнинг иккинчи ярмида, Наманган Фарғона...