30 iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan Namangan shahrida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida keng ko‘lamli yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Namangan shahar hokimi Anvarjon Otaxodjayev, viloyat hokimining o‘rinbosari Otabek Bozorov hamda Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Baxtiyor Mirzatov kabi mas’ul shaxslar ishtirok etdilar.


Tadbirda ishtirokchilarni 30 iyun — Yoshlar kuni bilan tabriklagan shahar hokimi Anvarjon Otaxodjayev, yoshlarni har doim qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy salohiyatini yuksaltirish va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarda faol, tashabbuskor hamda fidoyi bo‘lishga chaqirdi.
Festival davomida yoshlar uchun turli ma’rifiy va madaniy chiqishlar, sport musobaqalari hamda ijtimoiy loyihalar taqdimoti tashkil etildi. Yoshlar o‘z qobiliyatlarini namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘lib, yangi do‘stliklar va hamkorliklar o‘rnatildi.




Namangan shahridagi yoshlar festivali mamlakatimiz yoshlarining birdamligi va kelajakka bo‘lgan ishonchini namoyon etadi.
